Gari Nevill Liverpuldagi eng katta muammoni aytdi

Gari Nevill Liverpuldagi eng katta muammoni aytdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill hozirgi «Liverpul»dagi asosiy muammo futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan talabchanligi pasayib ketganida ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nevill fikricha, o‘tgan mavsumdagi yirik muvaffaqiyatlar fonida jamoa ichida bo‘shashish paydo bo‘lgan. «Aslida «Liverpul»da futbolchilar xotirjam tortib qoldi. Gap shunda», — deya uning so‘zlarini Daily Mail keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

21-tur doirasida «Liverpul» safarda APL-2025/2026 mavsumining yetakchisi «Arsenal» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

21 uchrashuvdan so‘ng «qizillar» 35 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal»dan 14 ochkoga ortda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.