PSJ 2013 yildan beri Superkubokda faqat bir marta yutqazdi

Parijning «PSJ» klubi Fransiya Superkubogida so‘nggi 13 mavsumning 12 tasida g‘olib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu davrdagi yagona muvaffaqiyatsizlik 2021 yilda qayd etilgan: finalda «Lill» Tel-Avivda parijliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etib, klub tarixida ilk bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Qolgan barcha mavsumlarda, 2013 yildan buyon, ushbu sovrin muntazam ravishda «PSJ»ga nasib etib kelmoqda.
Kecha Luis Enrike shogirdlari «Marsel»ga qarshi bahsda penaltilar seriyasida ustun keldi — 4:1. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi.
Darvozabon Matvey Safonov qo‘lidan olgan jarohati sabab uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Start tarkibida maydonga tushgan Lyuka Shevalye penaltilar seriyasida ikki zarbani qaytardi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













