Antuan Semenyo Manchester Sitidagi ilk taassurotlarini aytdi

Antuan Semenyo Manchester Sitidagi ilk taassurotlarini aytdi

«Manchester Siti» safiga yangi qo‘shilgan Antuan Semenyo klub bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ganalik yarim himoyachi o‘z oldida hali katta marralar borligini ta’kidladi: «Men hali eng yuqori darajamga chiqmadim. Eng kuchli raqobat muhitida shu yo‘lni bosib o‘tishga tayyorman. Bu chaqiruvni intiqlik bilan kutyapman», — dedi futbolchi.

26 yoshli afrikalik futbolchi «shaharliklar» bilan uzoq muddatli bitim tuzdi — shartnoma 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Vingerning transferi «Manchester Siti»ga 72 million yevroga tushgani qayd etildi.

Joriy mavsum APLda Semenyo 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.