Dekabr yakunlariga ko'ra A Seriyada eng yaxshi murabbiy aniqlandi

Dekabr yakunlariga ko'ra A Seriyada eng yaxshi murabbiy aniqlandi

A Seriya matbuot xizmati dekabr oyi yakunlariga ko'ra "Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topilganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'tgan oy milanliklar A Seriya doirasida uchta uchrashuv o'tkazib, barchasida g'alaba qozondi: "Como" 4:0 hisobida taslim etildi, "Jenoa" ustidan 2:1 yutildi, "Atalanta" esa 1:0 hisobida mag'lub etildi. Hozirda "Inter" 42 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, ikkinchi o'rindagi "Milan"dan esa uch ochko oldinda bormoqda.

Kivu "Inter"ni 2025 yil yozida boshqarishga kelib, ikki mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Ruminiyalik mutaxassis 2018–2024 yillarda klubning turli yosh toifalaridagi jamoalarida ishlagan, 2025 yil fevralidan iyunigacha esa "Parma"ni boshqarib, jamoaga A Seriyada qolishga yordam bergan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.