U-23 Osiyo kubogi. Terma jamoamiz bugun 19:00da Eronga qarshi chiqadi

U-23 Osiyo kubogi. Terma jamoamiz bugun 19:00da Eronga qarshi chiqadi

Saudiya Arabistoni maydonlarida U-23 Osiyo kubogi qizg‘in ruhda davom etyapti. Musobaqaning har bir turi alohida intriga, har bir o‘yin esa haqiqiy imtihon — ayniqsa, guruh bosqichida.

Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi turnirning 2-turida kuchli raqiblardan biri — Eronga qarshi bahs olib boradi. Muxlislar uchun esa bu oddiy o‘yin emas: jamoamiz navbatdagi tur oldidan o‘z so‘zini aytib qo‘yishi, ishonch va kayfiyatni yanada oshirishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv.

Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:00 da start oladi. Demak, kechqurungi plan aniq: ekran oldi, milliy jamoa va tilaklar — “kamera” tayyor, duo tayyor!

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.