Mor Ispaniya Superkubogi finalida Barselonani favorit deb bildi

Mor Ispaniya Superkubogi finalida Barselonani favorit deb bildi

Yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” va “Real” to‘qnash keladi. Bo‘lajak “el klasiko” oldidan sobiq futbolchi Eduard Mor bahs favoritini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mor fikricha, sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati “Barselona”da yuqoriroq. U, shuningdek, final sermahsul o‘tishini ta’kidladi.

“Barselona” — favorit, bu aniq. O‘yinda gollar ko‘p bo‘ladi, bunga ishonchim komil”, — deya Mor so‘zlarini “Chempionat” nashri “Match TV” efiriga tayanib keltirdi.

“Barselona” — “Real” uchrashuvi 11-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yin tafsilotlarini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi so‘nggi “el klasiko”da “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.