“Lokomotiv” “Al Taavon”ga qarshi bahsni qizil rangli libosda o‘tkazadi


Bilasiz, “Lokomotiv” ertaga, 20 fevral kuni “Al Taavon” klubiga qarshi Osiyo chempionlar ligasi 1-tur uchrashuvini o‘tkazadi.
Bugun mazkur match oldidan uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda jamoalarning ertangi o‘yinni qanday libosda o‘tkazishi aniqlab olindi. Unga ko‘ra, “Lokomotiv” ertaga qizil rangli sport formasida maydonga tushadigan bo‘ldi. Mezbonlar esa sariq rangli formada o‘yinni o‘tkazishadi.

Ta’kidlab o‘tamiz, ertangi bellashuv mahalliy vaqt bilan 18:40 (Toshkent vaqti bilan 20:40)da start oladi.
Manba:lokomotiv.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













