Ryudiger «Barselona»ga qarshi finalda maydonga tushishi mumkin

Ryudiger «Barselona»ga qarshi finalda maydonga tushishi mumkin

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger tizzasidagi og‘riqlar sabab Ispaniya Superkubogi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Migel Anxel Diasning xabar berishicha, 10 yanvar kuni nemis futbolchi jamoaviy mashg‘ulotlardan alohida tarzda zalda ishladi. Shunga qaramay, u 11 yanvar kuni «Barselona»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kirishi ehtimoli yuqori. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ryudiger 2022 yil yozida «Chelsi»dan «Real»ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda «qaymoqranglilar» safida 9 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq gol yoki assist bilan ajralib turmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.