Bernardu Silvani qo‘lga kiritish poygasida «Yuventus» oldinda bormoqda

Bernardu Silvani qo‘lga kiritish poygasida «Yuventus» oldinda bormoqda

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Shaharliklar» sardorining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi. Fichajes xabariga ko‘ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun kurashda hozircha «Yuventus» yetakchilik qilmoqda. Avvalroq Silva bilan «Galatasaroy» hamda Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham qiziqayotgani haqida yozilgandi.

Bernardu Silva 2017 yildan beri «Manchester Siti» safida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u Xosep Gvardiola jamoasi tarkibida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.