Aston Villa hujumga Temmi Abrahamni olib kelishi mumkin

"Aston Villa" APL turnir jadvalining yuqori qismida qolish uchun tarkibni kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. The Telegraph xabariga ko‘ra, Birmingem klubi hujum chizig‘iga Temmi Abraham nomzodini muhokama qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Villanlar" Abrahamni taklif etib, Ollli Uotkins bilan raqobatni oshirishni ko‘zlamoqda. Biroq bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi: forvard hozir ijara shartnomasi davrida — "Beshiktosh" uni yozda "Roma"dan ijaraga olgan, kelishuvda esa muayyan shartlar bajarilsa, sotib olish opsiyasi ham belgilangan.
Hozirda "Aston Villa" APL jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan olti ochko ortda qolgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













