Noyer Olise Bavariyadagi o'yinini yuqori baholadi

Noyer Olise Bavariyadagi o'yinini yuqori baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoadoshi Maykl Olisening jamoa safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni «Bavariya» Bundesliga doirasida o'z maydonida «Volfsburg»ni yirik hisobda taslim etdi — 8:1. Fransuz vinger bu uchrashuvda ikki gol urdi va yana bir assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

«Maykl “Bavariya”da futbol o'ynashdan rohat olmoqda. U juda kreativ futbolchi, doim xavfli vaziyatlar yaratadi. Jamoada o'zini yaxshi his qilyapti. Jamal Musiala qaytganidan keyin Olise yonida yana bir a'lo darajada tushunadigan sherigi bo'ladi. U biz uchun muhim rol o'ynayapti», — deya Noyer so'zlarini keltiradi «Gazeta.Ru».

16 turdan so'ng «Bavariya» Bundesliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Borussiya» Dortmundni 11 ochkoga ortda qoldiryapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.