Valverde Xabi Alonso iste'fosiga munosabat bildirdi

Valverde Xabi Alonso iste'fosiga munosabat bildirdi

Xabi Alonso «Real»dagi murabbiylik faoliyatini bir mavsumga ham yetkazmasdan yakunladi. Madrid klubi dushanba kuni mutaxassis bilan xayrlashganini rasman ma'lum qildi. Bu e'lon Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazilgan bahsdan bir kun o'tib berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xabi Alonsoning ketishi fonida «Real»ning vitse-sardori Federiko Valverde ijtimoiy tarmoqlarda murabbiyga murojaat qildi.

«Ustoz, sizga va har doim ishga professional munosabatda bo'lgan butun shtabga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Oldinda turgan barcha rejalar va maqsadlarda omad tilayman», — deb yozdi Valverde.

Ma'lumotlarga ko'ra, endi «Real»ni Alvaro Arbeloa boshqaradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.