Brunu Fernandeshning X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti buzib kirildi

Brunu Fernandeshning X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti buzib kirildi

Brunu Fernandesh yana muammoga duch keldi: portugaliyalik hujumchining “X” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga noma'lum shaxslar buzib kirib, akkauntni nazoratiga oldi. Shundan so'ng futbolchining kontaktlariga haqoratomuz xabarlar tarqatila boshlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyaning A Bola nashri xabar berishicha, xaker Fernandesh nomidan g'alati bayonot ham yozib qoldirgan — go'yoki u Angliya terma jamoasida... kriket bo'yicha o'ynash haqida o'ylayotgan emish.

Vaziyatga “Manchester Yunayted” ham munosabat bildirdi: klub maxsus kommyunike e'lon qilib, muxlislarni bu kabi shubhali va noodatiy postlarga ishonmaslikka chaqirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.