Romano Vernerning yangi jamoasini aytdi va u Leyptsigdan ketadi

Romano Vernerning yangi jamoasini aytdi va u Leyptsigdan ketadi

Hujumchi Timo Verner yaqin kunlarda MLSdagi “San-Xose Ertkveyks” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan, endi futbolchining hujjatlarga imzo chekishi qolgan.

Bitim muddati va moliyaviy tafsilotlar hozircha oshkor etilmadi. 2025/2026-yilgi mavsumda Verner “Leyptsig” safida atigi uchta o‘yinda maydonga tushib, gol yoki assist qayd eta olmadi.

O‘tgan mavsumda u Londonning “Tottenhem” klubida ijara asosida to‘p surgan, biroq u yerda ham hisobni ocholmadi.

2020-yilda Vernerning bozor qiymati 80 mln yevroga baholangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 3 mln yevrogacha tushib ketgan. Futbolchi 29 yoshda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.