Xabi Alonso Liverpul bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar bo'ldi

Xabi Alonso Liverpul bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar bo'ldi

Xabi Alonso yana klubisiz qoldi: dushanba kuni \"Real\" mutaxassis bilan hamkorlik yakunlanganini e\'lon qildi. Bu qaror Ispaniya Superkubogi finalidagi mag\'lubiyatdan so\'ng qabul qilindi — \"qirollik klubi\" \"Barselona\"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Britaniyalik tikish bozori mutaxassislari esa Alonso Arne Slot iste\'foga chiqadigan bo\'lsa, \"Liverpul\" bosh murabbiyi lavozimiga eng asosiy favorit sifatida ko\'rilayotganini ta\'kidlamoqda. Bu haqda Sky ham xabar bermoqda.

Hozir \"Liverpul\" Angliya Premyer-ligasi jadvalida to\'rtinchi o\'rinda bormoqda va mersisaydliklar mavsumni unchalik barqaror o\'tkazmayapti. \"Qizillar\"ning navbatdagi uchrashuvi 17 yanvar kuni \"Bernli\"ga qarshi bo\'lib o\'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.