Gradilenko Yuventusning Kremonezega qarshi o'yinini baholadi

Italiya A seriyasining 20-turida Turinning “Yuventus” jamoasi o\'z maydonida “Kremoneze”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan futbol eksperti Dmitriy Gradilenko o\'z prognozi bilan o\'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis fikricha, mezbonlar raqibga gol urish imkonini bermaydi va “Yuventus” “quruq” hisobda g\'alaba qozonadi. U ehtimoliy hisoblar sifatida 1:0, 2:0 yoki 3:0 variantlarini tilga oldi. Gradilenko “Yuventus” yutadi va gol o\'tkazmaydi, degan ishonchda.
“Yuventus” — “Kremoneze” bahsi bugun, 12 yanvar kuni “keksa sinyora”ning uy stadionida bo\'lib o\'tadi. O\'yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Turnir jadvalida “Yuventus” hozirda 5-o\'rinda bormoqda, “Kremoneze” esa 13-pog\'onada joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













