PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruis maoshi oshirilgan shartnoma oladi

PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruis maoshi oshirilgan shartnoma oladi

“Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Fabian Ruis klub bilan shartnomasini yaqin vaqt ichida uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tomonlar kelishuvga juda yaqin ekani haqida avval ham turli manbalar xabar bergan edi. Bu ma’lumotni jurnalist Fabris Xokins ham tasdiqlab, yangi bitim doirasida ispaniyalik futbolchining maoshi oshishini ta’kidladi. Kutilmagan holat yuz bermasa, kelishuv tez orada yakunlanadi.

29 yoshli Ruis 2022 yil avgustidan beri PSJ safida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u Luis Enrike jamoasida 22 uchrashuvda 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.