Manchester United Karikka mavsum oxirigacha vazifa berdi

Manchester United Karikka mavsum oxirigacha vazifa berdi

Maykl Karrik «Manchester United»da mavsum yakunigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik mutaxassis oy boshida lavozimidan bo‘shatilgan Ruben Amorim o‘rnini egalladi. The Athletic xabariga ko‘ra, klub Karrik va uning shtabi oldiga aniq maqsad qo‘ydi — jamoani Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqish. Bu «qizil iblislar» uchun joriy mavsumdagi eng asosiy vazifa hisoblanadi.

Karrik bilan kelishuv yozgacha mo‘ljallangan. Ayni paytda «Manchester United» APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda, biroq 4-pog‘onadagi «Liverpul»dan ortda qolish atigi uch ochkoni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.