Luka Toni Allegri Milan tarkibini allaqachon tushunganini aytdi

Luka Toni Allegri Milan tarkibini allaqachon tushunganini aytdi

Italiyalik sobiq hujumchi Luka Toni fikricha, Massimiliano Allegri “Milan”ning o‘yin uslubini qo‘l ostidagi futbolchilarning imkoniyatlariga moslab qurmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Toni ta’kidlashicha, murabbiy markaziy himoyachilar raqib hujumchilariga qarshi yakkama-yakka vaziyatlarda u qadar kuchli emasligini inobatga olib, ularni yarim himoyaga yaqinroq joylashtirgan. Natijada Rafael Leau hamda Kristian Pulishich hujumga yorib kirishda qo‘shimcha o‘n metr “tezlanish masofasi”ga ega bo‘lmoqda — Allegri aynan shuni xohlayapti, deya uning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda “Milan” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda klub poytaxtning “Roma” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.