Real o'tgan mavsum daromadida 1 milliard yevrodan oshdi

Deloitte mutaxassislari 2024/2025 yilgi mavsum bo'yicha futbol klublarining daromadlarini tahlil qildi. Hisobot natijalariga ko'ra, daromadlar reytingida yetakchilikni «Real» egalladi va 1 milliard yevro marrasidan oshgan dunyodagi yagona klub bo'ldi — madridliklarning ko'rsatkichi 1,161 milliard yevroni tashkil etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikkinchi o'rinda La Liganing yana bir grandi «Barselona» qayd etildi: kataloniyaliklar 974,8 million yevro daromad oldi. Kuchli uchlikni esa 860,6 million yevro bilan «Bavariya» yakunladi.
Top-10 ro'yxatining qolgan qismidan «PSJ» (837 mln yevro), «Liverpul» (836,1 mln), «Manchester Siti» (829,3 mln), «Arsenal» (821,7 mln), «Manchester Yunayted» (793,1 mln), «Tottenhem» (672,6 mln) va «Chelsi» (584,1 mln) joy oldi.













