Deloitte reytingida Real 1 milliard yevrodan oshdi

Deloitte mutaxassislari 2024/2025 yilgi mavsumda futbol klublarining daromadlarini tahlil qildi. Hisobotga ko'ra, daromadlar reytingida birinchi o'rinni Madridning «Real» klubi egalladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eng e'tiborlisi, o'tgan mavsumda faqat «Real» 1 milliard yevrolik marradan oshishga muvaffaq bo'ldi. «Qirollik klubi»ning umumiy daromadi 1,161 milliard yevroni tashkil etdi.
Ikkinchi pog'onada La Liganing yana bir giganti «Barselona» qayd etildi — kataloniyaliklar 974,8 million yevro ishlab topgan. Kuchli uchlikni 860,6 million yevro ko'rsatkich bilan «Bavariya» yakunlab berdi.
Top-10 ro'yxatidan «PSJ» (837 mln yevro), «Liverpul» (836,1 mln), «Manchester Siti» (829,3 mln), «Arsenal» (821,7 mln), «Manchester Yunayted» (793,1 mln), «Tottenhem» (672,6 mln) va «Chelsi» (584,1 mln) ham o'rin oldi.













