Marko Verratti faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin

Marko Verratti faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin

«Al-Duhail» yarim himoyachisi Marko Verratti yaqin orada Argentinaga yo‘l olishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Globo xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchini «Boka Xuniors» o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Buenos-Ayres klubi Libertadores Kubogida yanada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun markaziy chiziqni kuchaytirmoqda. «Boka» rahbariyati futbolchi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib, Verrattining shartlari va talablarini aniqlashtirmoqda.

Verratti 2025 yil yozida erkin agent sifatida «Al-Arabi»dan «Al-Duhail»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 14 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.