Dunyo bo'yicha faqat bir klub 1 mlrd yevrodan oshirdi

Deloitte mutaxassislari 2024/2025 yilgi mavsumda futbol klublarining daromadlarini tahlil qildi. Ularning reytingida eng yuqori pog'onani Madridning «Real» klubi egalladi va o‘tgan mavsumda 1 milliard yevro chegarasidan oshgan yagona jamoa bo‘ldi — «qirollik klubi» 1,161 milliard yevro daromad qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikkinchi o‘rinda La Liganing yana bir grandi «Barselona» joy oldi: kataloniyaliklar 974,8 million yevro ishlab topgan. Kuchli uchlikni esa 860,6 million yevro ko‘rsatkich bilan «Bavariya» yakunladi.
Top-10 ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda «PSJ» (837 mln yevro), «Liverpul» (836,1 mln), «Manchester Siti» (829,3 mln), «Arsenal» (821,7 mln), «Manchester Yunayted» (793,1 mln), «Tottenhem» (672,6 mln) hamda «Chelsi» (584,1 mln) qayd etildi.













