Anj-Yoann Bonni gol urdi, Inter yirik g'alaba qozondi

Anj-Yoann Bonni gol urdi, Inter yirik g'alaba qozondi

Italiya A seriyasining 22-turi "Inter"ning "Piza" ustidan yirik hisobdagi g'alabasi bilan boshlandi. Kristian Kivu boshqaruvidagi milanliklar raqibini 6:2 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda gol urganlardan biri Anj-Yoann Bonni bo'ldi. Hujumchi o'yindan keyingi suhbatda his-tuyg'ularini yashirmadi.

"Gol urish yoqimli, ammo g'alaba qozonish bundan ham yoqimli. Endi juda muhim uchrashuv oldidan yaxshilab dam olish kerak", — deya Bonnining so'zlarini fcinter1908.it keltirdi.

G'alaba "Inter"ning chempionat jadvalidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. Keyingi turda milanliklar "Kremoneze"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.