Kompani Len­nart Karlning Bavariyadagi o'yinini baholadi

Kompani Len­nart Karlning Bavariyadagi o'yinini baholadi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani 17 yoshli yarim himoyachi Lennart Karlning maydondagi harakatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik mutaxassisga ko'ra, Karl avvalo himoyada ham mas'uliyatli ishlashi kerak. Kompani uning orqa chiziqda jamoaga yordam bera olishini, hujumda esa foyda keltirish salohiyati yuqoriligini ta'kidladi. Murabbiy «Bavariya»da hujumkor futbolchilar ham himoyaga qaytib ishlashi, keyin esa tezda hujumga o'tishi talab etilishini qayd etdi.

Joriy mavsum Bundesligada Karl 16 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.