Tyago Pinto Huysen Oltin to'pni olishi mumkinligini aytdi

Tyago Pinto Huysen Oltin to'pni olishi mumkinligini aytdi

“Bornmut”ning futbol operatsiyalari bo'yicha prezidenti Tyago Pinto “Real” himoyachisi Din Huysen haqida yuqori baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pintoning fikricha, Huysen markaziy himoyachilar orasida “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish salohiyatiga ega yagona futbolchi. U, agar murabbiy uni bir kuni yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushirsa, Huysen barcha davrlarning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylanishi mumkinligini ta'kidladi.

Din Huysen 2025 yilda “Bornmut”dan “Real”ga 62 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi “Real” safida barcha musobaqalarda 21 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.