Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak bo'yicha qaror qabul qildi

Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak bo'yicha qaror qabul qildi

Al-Nasr hujumchisi Sadio Mane klubni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Mane bilan amaldagi kelishuv esa 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Mane 2023 yilda Bavariyadan Al-Nasr safiga 30 million yevro evaziga o'tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali hujumchini 7 million yevroga baholamoqda.

Ayni paytda Al-Nasr Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.