David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus”i va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo‘l oldi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi “River Pleyt” safida to‘p surib, klub bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege “River Pleyt”ga futbolchi sifatida emas, balki klub boshqaruvi tizimida ish boshlash uchun qaytdi. Uning aniq lavozimi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub rahbariyati ishtirokida maxsus taqdimot o‘tkazildi.
Tadbir davomida Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













