Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, yetakchisiz qolgan «Al-Nasr» ham barqaror natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi.

O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga olov hamda olqish emojilarini qo‘shdi.

40 yoshli Ronaldu «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston haqida tarqalgan soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.