Fransiyada ham JChni boykot qilish ehtimoli inkor etilmadi

Fransiyada ham JChni boykot qilish ehtimoli inkor etilmadi

Avvalroq AQSHda o‘tadigan jahon chempionati “progressiv Yevropa davlatlari” tomonidan boykot qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bu mavzuda eng ko‘p gap Germaniyada yangramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyatga Fransiya sport vaziri Marina Ferrarining ham munosabati paydo bo‘ldi. Uning aytishicha, hozircha bunday qadam tashlash niyati yo‘q, chunki turnir nihoyatda muhim. Biroq vazir hech narsani butunlay istisno qilmasligini, vaziyat qanday o‘zgarishini kuzatib borishlarini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va uch mamlakat — AQSH, Meksika hamda Kanadada bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.