Gleb Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish og'ir bo'lishini aytdi

"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus terma jamoasining Viktor Gancharenko qo'l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta'kidlashicha, Gancharenko uchun Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo'lmaydi. Glebning fikricha, terma jamoada ishlash bilan klubdagi murabbiylik butunlay boshqa-boshqa vazifa va endi Viktor Mixaylovichning yangi rolga qay darajada moslashishini vaqt ko'rsatadi.
Shu bilan birga, sobiq futbolchi qanday holatda ham jamoa va murabbiyni qo'llab-quvvatlashini aytdi. Gleb Gancharenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashiga umid bildirdi.
Eslatib o'tamiz, belaruslar yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionatiga yo'llanma ola olmadi.













