David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus”i va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo'l oldi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to'p surib, klub bilan Argentina futboli ikkinchi ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege “River Pleyt”ga futbolchi sifatida emas, rahbariyat tarkibiga qo'shilish uchun qaytdi. Klub uning taqdimotini butun boshqaruv jamoasi ishtirokida o'tkazdi.

Fransuz mutaxassisning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi, biroq u strategik masalalar bilan shug'ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillashi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, Trezege professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.