Massimiliano Allegri yozda «Barselona» boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin


“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Barselona” jamoasiga rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan.
Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar sport direktori Aredo Brayda Luis Enrike yozda jamoadan ketgan taqdirda, o‘rniga “Milan”da birga ish olib borgan Allegrini taklif qilishni ma’qullamoqda.
Avvalroq, 49 yoshli italiyalik murabbiy “Arsenal” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkinligi xabar qilingandi.
Allegridan tashqari “Barselona”ning kengaytirilgan ro‘yxatiga Maurisio Pochettino, Loran Blan, Xorxe Sampaoli, Ernesto Valverde, Ronald Kuman va Eusebio Sakristanlar kiradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













