David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surib, hatto mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga kelmoqda. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimi orqali jamoatchilikka tanishtirdi.
Klub Trezegening aniq lavozimini oshkor etmadi, biroq u strategik yo‘nalishdagi masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













