Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda “Sanfrechche Xirosima”ga 0:1 hisobida yutqazib, navbatdagi uchrashuvni ham ochkolsiz yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan bahs taqdirini hal qildi. Bu natija xitoyliklar uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Sanfrechche Xirosima” esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













