Jikiya kelajagi bo‘yicha agenti Antalyaspor rejalarini aytdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik futbolchining kelajagi yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning ta’kidlashicha, Jikiyaning holati yaxshi va klub uning xizmatiga tayanmoqda. So‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmagani esa mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lgan. U hozir tiklangan va ehtimol, keyingi uchrashuvda yana o‘ynaydi.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













