Palmer Gvardiola ketmaguncha Man Siti'ga qaytmaydi

“Chelsi”ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer matbuotda yana “Manchester Yunayted” bilan bog‘lanmoqda. The Touchline nashri jurnalist Semyuel Lakhyorstga tayanib yozishicha, futbolchi London klubida o‘zini noqulay his qilayotgani sabab “qizil iblislar” safiga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, manbada Palmer Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ni boshqarib turgan paytda sobiq jamoasiga qaytishni istamasligi ta’kidlangan.
Palmer “Manchester Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yil sentabr oyida “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













