Bavariya Upamekano bo'yicha javobni kutayotganini bildirdi

Bavariya Upamekano bo'yicha javobni kutayotganini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Biz Upamekanodan javob kutyapmiz», — deya Eberlning so'zlarini jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Avvalroq OAVda «Bavariya» yangi shartnoma bo'yicha Upamekanoga berilgan taklifni yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Upamekano «Bavariya» safida jami 176 uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi va jamoadoshlariga 11 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.