David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surgan, hatto klub bilan mamlakatning ikkinchi divizionida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege Buenos-Ayresdagi jamoaga futbolchi sifatida emas, boshqaruv bo‘g‘ini vakili sifatida qo‘shilmoqda. Klub uni butun rahbariyat ishtirokida rasman tanishtirdi.
Trezege “River Pleyt”dagi aniq lavozimi ochiqlanmagan, biroq u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va klubni institutsional darajada namoyon etishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













