David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo‘l oldi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surib, jamoa bilan Argentina ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga qaytmoqda. “River Pleyt” uni rasman tanishtirish marosimini o‘tkazdi, unda klub rahbariyati to‘liq tarkibda ishtirok etdi.
Trezening aniq lavozimi hozircha ochiqlanmagan, biroq u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillashi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













