Argentinaning qadimiy klubi Kilmes stadionni yangilashga fanatlarni chorladi

Argentinaning qadimiy klubi Kilmes stadionni yangilashga fanatlarni chorladi

Argentinadagi eng qadimiy klublardan biri hisoblangan «Kilmes» 1887 yilda tashkil etilgan. Tarixi boy jamoaning muxlislari ko‘p bo‘lsa-da, hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu sabab rahbariyat stadionni qayta qurish ishlarini boshlab, yordam so‘rab fanatlarga murojaat qildi. Qiziq tomoni, gap odatdagidek xayriya mablag‘i yig‘ish haqida emas — muxlislarga stadionga kelib, topshiriqlarni bajarish orqali bevosita jismoniy mehnat bilan hissa qo‘shish taklif qilindi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, ko‘plab muxlislar chaqiriqqa ijobiy javob berib, ishga kelishga tayyor ekanini bildirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.