Argentina giganti Kilmes stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda

Argentina giganti Kilmes stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmes» 1887 yilda tashkil etilgan va ko‘plab sodiq muxlislarga ega. Biroq jamoa hozir og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va tarafdorlar ko‘magiga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati stadionni qayta qurish bo‘yicha rejasini e’lon qilar ekan, odatdagi xayriya yig‘imi yo‘lidan bormadi. Bu safar muxlislarga pul o‘tkazish emas, balki stadionga kelib, qayta ta’mirlash ishlari doirasida jismoniy mehnat qilib, turli vazifalarni bajarish taklif qilindi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo‘lishiga qaramay, «Kilmes» ishqibozlari chaqiriqqa ijobiy javob berdi va stadionda ishlashga ko‘ngilli tarzda kirishdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.