Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning “Sanfrechche Xirosima” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo‘lladi. Bu natija “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













