Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi postini e'lon qildi. "Al-Nasr" hujumchisi sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug'ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ronaldu Jorjina bilan tushgan surat ostida: «Tug'ilgan kuning bilan, hayotimdagi ayol!» — deb yozdi.

Seshanba kuni Jorjina Rodriges 32 yoshga to'ldi. Ronaldu ham tez orada tug'ilgan kunini nishonlaydi — 5-fevral kuni u 41 yoshga kiradi. Shunga qaramay, portugaliyalik yulduz a'lo jismoniy holatda: u faoliyati davomida 960 ta gol urgan va bu ko'rsatkichni oshirish niyatida.

Dushanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Nasr" "Al-Taavun" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.