Ronaldu ishtirokisiz g‘alabaga ikki emoji bilan javob berdi

Ronaldu ishtirokisiz g‘alabaga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi klublar o‘rtasidagi ikkinchi darajali turnir) guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, «Al-Nasr» yetakchisiz ham ishonchli harakat qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutib, Tojikistonda «Istiklol»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi va guruhni 5 o‘yinda 5 g‘alaba bilan yakunlashga yaqinlashdi.

O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr»ning guruhni birinchi o‘rinda tugatib, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi. Krishtianu bu xabarga olov va qarsak emojilarini qo‘shdi.

40 yoshli hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq feyk xabar ham qizg‘in muhokama qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.