Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

«Al-Ittihad» yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonidagi klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning sobiq yuridik bo‘limi direktori Saad Al Subayi bergan ma’lumotga ko‘ra, Ar-Riyod klubi fransuz tayanch yarim himoyachisini safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, bitim yanvar oyi yakuniga qadar amalga oshishi mumkin.

Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihad»ga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchi Saudiya klubi safida barcha turnirlarda 25 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.