Spalletti Juventusning Monakoga qarshi ustun tomonini aytdi

Spalletti Juventusning Monakoga qarshi ustun tomonini aytdi

Turinliklar ustozi Luchano Spallettining fikricha, Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi uchrashuv oldidan «Yuventus» «Monako»ga nisbatan ma'lum ustunlikka ega bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis hal qiluvchi omil sifatida monakoliklar turnirdagi kurashni davom ettirish uchun albatta g'alaba qozonishi kerakligini ko'rsatdi.

«Bizda yaxshi ustunlik bor: bosimsiz o'ynashimiz mumkin. Shu o'yinda jamoamiz qaysi darajada ekanini ko'rasiz», — deya Spalletti so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Shu bilan birga, u «Yuventus» ham g'alaba uchun oxirigacha kurashishini ta'kidladi: maqsad — dastlabki sakkizlikdan joy olib, pley-offga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olish.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.