David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida to'p surgan, hatto jamoa bilan mamlakatning ikkinchi divizionida chempionlikni ham qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi esa Trezege klubga futbolchi sifatida emas, balki boshqaruv yo'nalishida qo'shilmoqda. «River Pleyt» uni rasmiy tarzda tanishtirish marosimini o'tkazdi, unda klubning butun rahbariyati ishtirok etdi.

Trezege klubdagi aniq lavozimi hozircha ochiqlanmagan. Shunga qaramay, u strategik masalalar bilan shug'ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.