Monako Pol Pogba bilan hamkorlikni erta yakunlashi mumkin

Monako Pol Pogba bilan hamkorlikni erta yakunlashi mumkin

Pol Pogbaning futbolga qaytishi u kutgandek kechmayapti. Monako o‘tgan yozda fransuz yarim himoyachisini tarkibga qo‘shgandi va diskvalifikatsiyadan keyin formaga kirishi uchun vaqt kerakligini klub tushunardi. Biroq tiklanish jarayoni cho‘zilib ketdi: Pogba hozircha maydonda jami 30 daqiqa o‘ynadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, endi Monakoda jahon chempioni bilan hamkorlikni muddatidan oldin to‘xtatish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, kelishuv ancha avval bekor qilinishi ehtimoli bor.

Mart oyida Pogba 33 yoshga to‘ladi. Ayni paytda u navbatdagi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tayapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.