David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida o'ynagan va jamoa bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo'lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezegening vazifasi maydondagi emas — u klubning boshqaruv tizimida ish boshlamoqda. “River Pleyt” uning taqdimotini butun rahbariyat ishtirokida o'tkazdi.

Klub Trezegening aniq lavozimini ochiqlamadi, biroq u strategik masalalar bilan shug'ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillashi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.